Tirnoq olishdan avval o‘qiladigan duolar

Assalomu alaykum! Tirnoq olishdan avval payg‘ambarimiz nima deb duo o‘qiganlar va xaftaning qaysi kunlari tirnoq olganlar. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan har bir ishni boshlashdan avval “Bismillah”ni aytish haqida hadis kelgan. Ammo biror mahsus duoni o‘qiganlar yoki mahsus kunda olinglar degan birorta hadis yo‘q. Keng ishni toraytirishga ham hojat yo‘q. Alloh taolo “Baqara” surasida Banu Isroilga mol so‘yishga buyurganini va ular Allohning buyrug‘ini bajo qilish o‘rniga yoshini, rangini va boshqa sifatlarini so‘rashib oxiri o‘zlariga tanglik qilib olganini zikr qilgan. Alloh ularni bunday qilishini malomatlagan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ummatidan ham ba’zi bir shunday sifatdagi insonlar chiqib qolmoqda. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 185 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar