9 farzandga meros
Assalomu alaykum! Ustozlar, onamdan menga uy meros qolmoqda 9 ta farzandmiz ulushi qanday bo‘ladi? Men kenja farzandman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalo otangiz vafot topgan bo‘lsa o‘sha vafot topgan vaqtda kimlar merosxo‘r bo‘lgan bo‘lsa barchasini o‘sha uydan meros haqqi bo‘ladi. Avvalo o‘shani taqsim qilish kerak. O‘shaning ichida onangizga ham nasiba tegadi. Shularni hal qiling. Agar ota-onangiz tirikliklarida uyning tashqarisiga chiqib “Mana bu uy senga bizdan hadya, qabul qilib ol” desalar va siz uni qabul qilib olsangiz hadya qilish tamomiga etgan bo‘ladi. Keyin siz “bemalol shu uyda yashayveringlar” deyishingiz bilan ular shariat hukmi bo‘yicha sizning uyingizda yashab turgan bo‘ladilar. Shunda vafotlaridan keyin meros o‘laroq taqsim qilinmaydi. Agar “Bizdan keyin senga” deb vasiyat qilsalar va vafot topsalar aka-singillaringiz “ota-onamning vasiyatiga rozimiz” deyishsa ham uy sizniki bo‘ladi. Ota-ona tirikligida vasiyatga rozi bo‘lishib, vafotidan keyin meros bo‘yicha taqsim qilamiz deyishsa ham haqlari bor. Agar hadya qilingan bo‘lsa roziliklarining e’tibori yo‘q. Faqat hadiyani to‘liq qo‘lga olgan bo‘lishi shart. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:13 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar