Qadoqlangan maxsulotlar
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men xozir Koreya Respublikasida o‘qiyman. Shuning uchun halol maxsulotlarni topib eyish juda qiyin bo‘lyapti, ayniqsa go‘sht maxsulotlarini. Deyarli hamma narsa tarkibida cho‘chqa go‘shti yoki yog‘i bor deb yozib qo‘yilgan hattoki pechenni va musqaymoqlarda ham. Savolim: cho‘chqa go‘shti yo‘q, lekin mol go‘shti yoki qo‘y go‘shti tarkibida bor qadoqlangan maxsulotlarni (shirinliklar, rolton, yogurt, muzqaymoq...) olib tanavvul qilsam bo‘ladimi? Lekin ular shar’iy yo‘l bilan so‘yilmagan mening fikrimcha. 2) McDonald’s, Starbusks, KFC - bularga ham kirmasligim kerakmi? Go‘shti shar’iy yo‘l bilan so‘yilmagan mening fikrimcha bularning ham. Javob uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Cho‘chqa go‘shti yo‘q, lekin mol go‘shti yoki qo‘y go‘shti tarkibida bor qadoqlangan maxsulotlarni (shirinliklar, rolton, yogurt muzqaymoq...) olib tanavvul qilsangiz bo‘lmaydi.
2). Halol bo‘lmagan joylarga kirmasligingiz kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 134 | Halol va harom