Jaloliddin Muxammad Akbar

Assalomu alaykum! Shaxanshox va Boburiyzoda Akbarshox, malumingizkim bu zot Xindistonda podshoxlik qilib o‘zining dini iloxiy talimotini yaratgan va bazi asarlarda qayd etilishicha malum kunda xindlarni sindurini surgan va sikxlarni kiyimi kiygan. Bu shaxs yaratgan talimotda to‘g‘rilik bormi? Chunki u diniy bagrikenglikka chorlagan va lekin jizya solig‘ini bekor qilgan va islomiy shaxslarni o‘z vakolatlaridan maxrum etgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U bag‘rikenglik emas shirk hisoblanadi. Chegara va ibodat turlarini Alloh belgilaydi. Insonlarning bir-biriga nisbatan bag‘rikeng bo‘lishlaridan tashqari ularni yaratib rizqini berib qo‘ygan yagona Alloh taologa ham ibodat qilishlari kerak. Bir inson nihoyatda yaxshi inson bo‘lib, hamma bilan go‘zal muomalada bo‘lsayu, ota-onasining buyruqlariga itoat qilmasa ota-onasiga nonko‘r hisoblanadi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 02:15 | Savol-javoblar | 181 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar