Bunda kim merosxo‘r bo‘ladi?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh ilmingizni yanada ziyoda qilsin. Er-xotin uy olishdi (er-63%, xotin 23%), xotinnig onasi bu uyga biroz pul qo‘shdi (14%). Xotin olamdan o‘tgandan keyin uyga kim merosxo‘r bo‘ladi? (O‘rtada farzand yo‘q). Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Xotin o‘lib er va xotinning onasi qolganini bildik. Xotinning boshqa erdan farzandari yoki otasi bormi yoki yo‘qmi? Shuni ham bilish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar