Otam qilayotgan ishlari to‘g‘rimi?

Assalomu alaykum! Meni otamni qilayotgan ishlari to‘g‘rimi. Biz oilada to‘rt o‘g‘il farzandmiz. 16 yoshda bo‘lganimda ota-onam ajrashishgan. Men va ukam otam bilan qolganmiz. Kenja ukalarim esa onamlar bilan qolishgan. Otam boshqa ayolni oldilar va ular ikki nafar farzandlik bo‘lishdi. Meni uylantirishdi. Farzandlik bo‘ldim. Orada ukam vafot etdi. O‘gay onam men bilan ayolimga kun bermay zulmlar qildi. Ancha gap so‘zlar o‘tdi. Bir kun ham tinchlik yo‘q edi. O‘gay onam ayolimni qizlik uyga haydab yubordi. Keyin men ham ammamnikida yashadim. Keyin amakilarim bunday yurmagin deb aytishdi va bizga uy topib berishdi. Ikki oy oilam bilan yashadiq keyin u erni topshirishimiz kerak bo‘lib qoldi. Keyin ammamning uylarida yashadik. Otamning olib qo‘ygan uylari bor edi. Shuni amakilarim va ammalarim birga otamni ko‘ndirib, o‘sha uyni olib berishdi. Bunga ancha yillar bo‘ldi. Hozirda uchta farzandim bor. Oradan yillar o‘tib munosabatimiz yaxshilashdi. Uchinchi farzandim tug‘ilganda men seni uylantirdim, to‘yini qilib berdim, oshlarini o‘tkazib berdim dedilar. Bir kuni mendan otam o‘gay ukamni harbiy xizmatga yuborish uchun pul so‘radilar va plastik kartamni berdim. Har oy ular to‘lab yurdilar. Maoshimning asosiy qismi 80% plastik kartamga naqd pulim esa 20% edi. Unda farzandlarim yosh edi. Rosa qiyin bo‘ldi, lekin hech kimdan pul so‘ramadim. Ancha yillar o‘tdi va bir kuni uyimga kelib otam mendan olgan qarzimni berayapman deb bir qismini olib kelibdilar. Men u pulni olmoqchi emas edim, qo‘yarda qo‘ymay tashlab ketdilar va uylariga borganlaridan keyin telefon qildilar. Sen mendan qarzsan deb men senga uy olib berganman, sen menga uyni yarim pulini ber dedilar. O‘zim oylikka qarab yashayman. Ular ancha gapirdilar haqoratli so‘zlar bilan. Agarda bermasang u dunyo va bu dunyo rozi emasman deb o‘chirib qo‘ydilar. Men faqat eshittim va birorta so‘z ham aytmadim. Men ancha sog‘ligimni yo‘qotdim. Ikki-uch marotaba ammakimni yubordilar pulni ber deb. Bu ishlar hali ham davom etmoqda. Meni muncha pulim yo‘q topgan pulim ro‘zg‘orga ketadi. Hozir qanday yo‘l tutay? Islomiy tarafdan nima ish qilsam to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha uyni olib berishganida nima deb berishgan? “Senga hadya” yoki shaxsiy mulk deb berishgan bo‘lsa bu sizni uyingiz hisoblanadi. Agar uy olguningcha vaqtincha yashab tur degan bo‘lsa uy ularniki. Rozi qilishingiz yoki sotib olishingiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 12:25 | Savol-javoblar | 141 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar