Qilayotgan douyim noto‘g‘ri emasmi?

Assalomu alaykum! Duoimda Allohim menga nima kerakligini, nima yaxshi afzal ekanini Sen bilasan men bilmayman menga eng yaxshisini ber deb duo qilsam, keyin kimdir nima qilding desa men Alloh bilan maslaxatlashdim desam noto‘g‘ri bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Faqat “maslahatlashdim” so‘zi Alloh taologa nisbatan odobga to‘g‘ri kelmaydi. Undan ko‘ra nima qilsam to‘g‘ri bo‘lishini Allohdan iltijo qildim degan yaxshi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:44 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar