"Baqara" surasini yod olmaganlar

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, eng uzun sura “Baqara" surasidir. Afsuski bu muborak surani yod olish xammamizga xam nasib etavermaydi. Mani eshitishimcha bu surani xar kuni o‘qisa uyidagi shayton va jinlar kuyib-kul bo‘lib qochar ekan. Bu surani yod olmaganlar, disklarda kuniga bir martda qo‘ysa xam bo‘ladimi? Bunda surani kuchi kamayib ketmaydimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Har kimning o‘zi o‘qishi boshqa, eshitishi boshqa. Albatta foydadan holi bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:45 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar