Farzdan keyingi zikr

Assalomu alaykum! "Namoz o‘qish qoidlari" kitobida farzdan keyingi “Allohumma antas salam va minkas salam. . .” duosi 4 mahalgi namozda ko‘rsatilib, asr namozidan keyin ko‘satilmagan ekan. Asrdan keyin ham o‘qisa bo‘ladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ ثَوْبَانَ  رضي الله عنه قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللهِ  صلي الله عليه وسلم إِذَا انْصَرَفَ مِنْ صَلَاتِهِ اسْتَغْفَرَ ثَلَاثًا وَقَالَ: اللَّهُمَّ أَنْتَ السَّلَامُ وَمِنْكَ السَّلَامُ، تَبَارَكْتَ يَا ذَا الْجَلَالِ وَالْإِكْرَامِ.
وَفِي رِوَايَةٍ: كَانَ النَّبِيُّ  صلي الله عليه وسلم إِذَا سَلَّمَ لَمْ يَقْعُدْ إِلَّا مِقْدَارَ مَا يَقُولُ: اللَّهُمَّ أَنْتَ السَّلَامُ الخ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ. 581. Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozlaridan chiqsalar, uch marta istig‘for aytar va «Allohumma antassalam va minkassalam tabarokta yaa zaljalali val ikrom», der edilar».
Boshqa bir rivoyatda:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam salom bersalar, «Allohumma antassalam...»ni aytish miqdorichagina o‘tirar edilar», deyilgan.
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Sharh: Namozni o‘qib bo‘lib, salom bergandan keyin qimirlamay turib, uch marta «Astag‘firulloh» deyish va «Allohumma antassalam»ni oxirigacha o‘qish hozirda rasm bo‘lgan va unga amal qilinadi.(“Hadis va Hayot” kitobidan). Bu asrdan keyingiga ham tegishli. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:07 | Savol-javoblar | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar