Rakvinaga tekkan najosat
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin, tahorat oladigan rakvinamda najosat tekkan narsalar yuviladi. Rakvinaga najosat tegishi aniq. Men tahorat olganimda yuvilgan a’zolarga rakvinaning najosat tekkan joyiga tekkan suv sachraydi yoki najosatli oyoq kiyimlar bilan bosilgan ho‘l joyga tegib sachraydi. Sachragan joyni yuvdim degunimcha yana sachraydi, bu uzoq davom etadi. Bir amallab yuvib namozga kiraman. Shu ishim to‘g‘rimi? Bidat yoki isrof emasmi? Nima qilishni maslahat berasiz? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rakvina kabi sirli idishlarda najosat kiyim yuvilgan bo‘lsa ham ustida uch bor suv quyish bilan toza bo‘ladi. Tahorat qilinganda undan sachragan suv pok hisoblanadi. Sizga kelayotgan xayollar noo‘rindir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:59 | Savol-javoblar | 139 | Dolzarb savollar