Shaxsiy mulkdan so‘ramay foydalanish
Assalomu alaykum! Men poytaxtdan boshqa viloyatga turmushga chiqdim. Turmush o‘rtog‘im poytaxtda ishlaganligi sabab 1 yil kelinlik xizmatidan so‘ng erim bilan yana poytaxtga qaytib 2 yildan buyon shu erda yashab kelmoqdamiz. Yashash joyimiz ijara bo‘lganligi uchun ota onam sarpoda qilgan uy anjomlari va mebellarimdan hozircha hech narsa olib kela olmadim. Kelinlik uyida qolgan uy anjomlarim, mexmonxona va yotoq mebellarimdan mening roziligimsiz ba’zi joylariga zarar etkazgan xolda qaynonam va erimning barcha qarindoshlari foydalanib kelmoqda. Bu omonatga hiyonat emasmi? Shu holat shariatga, dinimizga to‘g‘ri keladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizni shaxsiy mulkingiz bo‘lsa ruxsatingizsiz foydalanishi joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:46 | Savol-javoblar | 130 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizni shaxsiy mulkingiz bo‘lsa ruxsatingizsiz foydalanishi joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:46 | Savol-javoblar | 130 | Oila va turmush