Ro‘zaga oid savol

Assalomu alaykum! Meni ukam bugun saharlikga uxlab qolibdi bir sinfdoshini uyida keyin uyga kelkach saharlik qimaganini onamlarga aytibdi onam farzandim kechgacha chidolmasa kerak deb ovqat ediribdilar. Endi ukam kafforat tutadimi yoki bir kun qazomi? Gap shundaki ukam 10 yoshda. Saytlaringizdagi bir savolni javobida agar ataylab ochgan bo‘lsa kafforat tutadi agar chidolmaganidan ochsa bir kun deyilgan ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uzrsiz qasddan ro‘zani ochgan kishiga kafforot vojib bo‘lishi uchun u ro‘zani tunda niyat qilgan bo‘lishi lozim. Tunda niyat qilmasdan saharlikka uhlab qolib, bomdod vaqti kirganidan so‘ng niyat qilgan bo‘lsa bunday odamga kafforot vojib emas. Balog‘atga etmaganlarga kafforot ham qazo ham vojib emas.  BALOG‘ATGA ETISh ALOMATLARIO‘g‘il bolaning balog‘atga etganligining uch alomati:1. Tushida bulg‘anishi;2. Tushida bulg‘anmasada balog‘atga etmay uylangan bo‘lsa, maniy kelishi va ayolini homilador qilishi;3. Ikki alomat topilmasa, o‘n besh yoshga to‘lishi bilan bolig‘ hisoblanadi.Qiz bolaning balog‘atga etish alomatlari quyidagilardir:1. Eng kami to‘qqiz yoshga kirganda hayz qonini ko‘rishi. Undan avval ko‘rgan qoni hayz hisoblanmaydi;2. Tushida bulg‘anishi bilan;3. Homilador bo‘lishi;4. O‘n besh yoshga to‘lishi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:04 | Savol-javoblar | 165 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar