G‘oz go‘shti halolmi?
Assalomu alaykum! G‘oz go‘shti halolmi? Bir tanishimdan g‘ozni so‘yish mumkin emas degan gap eshitdim va menda shubha uyg‘ondi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! G‘oz, go‘shti halol hayvon hisoblanadi. QURUQLIK HAYVONLARI Quruqlik hayvonlari bir necha turga bo‘linadi.
1. Chorpolar. Qur’oni karimda ularni an’om deb zikr qilingan. Arab tilida ular ibl (tuya), baqar (qoramol) va g‘anam (qo‘y va echkilar)ga bo‘lingan. Bular qaysi navdan bo‘lsa ham barchasi halol.
2. Yirtqichlar. Ularni arab tilida «nob» deb nomlanuvchi qoziq tishi bor hayvonlarga aytiladi. Ular qoziq tishlari bilan ov qilishadi. Ular tulki, bo‘ri, sher, arslon, yumronqoziq, bursuq, fil, maymun, ayiq kabi qo‘lga o‘rganmagan yirtqich yoki it, mushuk kabi xonaki hayvonlardir.
3. Chorpo ham yirtqich ham bo‘lmagan yovvoyi hayvonlar. Ular halol sanaladi. ular kiyik, yovvoyi tuya, yovvoyi eshak kabilardir.
Savol: Qoziq tishi bor hayvonlarning o‘txo‘r bo‘lishi bilan go‘shtxo‘r bo‘lishi o‘rtasida farq yo‘qmi?
Javob: Qoziq tishli hayvon o‘txo‘r bo‘lsa ham qoziq tishi bo‘lgani uchun uni eyish harom sanaladi. Masalan fil o‘txo‘r bo‘lsada qoziq tishi borligi uchun harom sanaladi.
Savol: Quyon go‘shti halolmi?
Javob: Quyon go‘shti halol sanaladi. عَنْ ابْنْ عَبَاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، كُنَّا عِنْدَ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، أَهْدَى أَعْرَابِيُّ إِلَيهِ أَرْنَبَ، قَدْ شَوَّاهَا، فَقَالَ أَصْحَابَهُ: كُلُوهَا Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda:
«Rasululloh solallohu alayhi vasallam huzurlarida edik. Bir a’robiy u zotga pishirilgan quyon go‘shtini hadya qildi. Shunda u zot ashoblariga «Uni eyaveringlar!» dedilar», deyilgan. (Badoius sanoi’). عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، قَالَتْ: أُهْدِىَ لِرَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَرْنَبٌ، وَأَنَا نَائِمَةٌ، فَخَبَأَ لِي مِنْهَا الْعَجُزَ، فَلَمَّا قُمْتُ أَطْعَمَنِى Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
« Rasululloh solallohu alayhi vasallamga men uhlab yotganimda quyon hadya qilinibdi. U zot oyog‘ini men uchun yashirib qo‘yibdilar. Uyg‘onganimda meni taomlantirdilar».
Savol: Bo‘g‘oz molni so‘yilganda ichidan chiqqan bolasini esa bo‘ladimi?
Javob: Agar tirik chiqsa uni so‘yib esa bo‘ladi. Agar o‘lik chiqsa, Abu Hanifa rohimahulloh nazdida halol emas. Abu Yusuf va Muhammad rohimahumallohlar nazdida halol hisoblanadi.
Savol: It, sher, maymun, tulki, ilon kabi go‘shti harom hayvonlarning terisi, yog‘i va suyaklarini ishlatsa bo‘ladimi?
Javob: Agar ularni tasmiyani aytib go‘shtini eyish halol bo‘lmasada, yog‘ini badanga surtish, terisini oshlamasdan avval sotish joiz bo‘ladi. Suyak esa, to‘ng‘izning suyagidan boshqasi halol hisoblanadi. Odam va to‘ng‘iz suyagidan boshqa fil va boshqa o‘limtiklarning suyagini sotsa, zarari yo‘q. (Fatavoi hindiya).
Savol: Harom o‘lgan mol, qo‘y va yirtqichlarning o‘limtigining terisidan foydalanish joizmi?
Javob: Oshlanmasidan avval foydalanish joiz emas. Oshlanganidan keyin uni sotish, kiyish, joynamoz qilish joiz. Oshlashning eng osoni unga tuz sepishdir. To‘ng‘izning terisidan boshqa hamma hayvonlarning terisi oshlansa, undan foydalanish halol bo‘ladi. (Javharatun nayyira).
Savol: Ko‘rma ilon, tipratikon va bursuqning sho‘rvasini ichsa bo‘ladimi?
Javob: Bular harom hisoblanadi. Davo sifatida ishlatishga kelsak, bu harom narsalar bilan davolanish masalasi hisoblanadi. Uning o‘z shartlari bor.
Savol: Eshak, hachir, qulon, zebra va qo‘toslar halolmi?
Javob: Eshak va hachir harom sanaladi. Qulon, zebra va qo‘toslar halol sanaladi.
Savol: Xonaki bo‘lmasada ovlaydigan qoziq tishi bo‘lmagan hayvonlarning hukmi nima?
Javob: Xonaki bo‘lmasada qoziq tishi bo‘lmagan kiyik, yovvoyi eshak kabi hayvonlar haloldir.
Savol: Mushuk tovuqning kallasini uzib yuborgan bo‘lib tovuq tipirchilayotgan bo‘lsa, uni so‘yib eyish mumkinmi?
Javob: Agar bo‘ynidan so‘yadigan miqdorda joy qolgan bo‘lsa, so‘yib olsa, halol bo‘ladi. So‘yadigan joy qolmagan bo‘lsa, halol bo‘lmaydi. Iztiroriy so‘yish bu o‘rinda joiz emas. Roddul muhtor kitobida:
«Bo‘ri biror qo‘yni bo‘g‘zidan tishlab uning avdojlarini uzib tashlagan bo‘lsa, qo‘yni so‘yish imkoni qolmagani uchun u halol bo‘lmaydi». deyilgan. SUV HAYVONLARI Savol: Suv hayvonlaridan nimalar halol sanaladi?
Javob: Abu Hanifa rohimahulloh nazdida suv hayvonlaridan faqatgina baliqlar halol hisoblanadi. Boshqa mazhablarda esa, bir oz tafsil mavjud. Shofe’iy mazhabida suv hayvonlarining barchasi haloldir. Ularni ovlash ularni tazkiyasi hisoblanadi. Suv yuzasiga chiqib qolgan baliq ham u kishining nazdida halol sanaladi.
Savol: Aqula yirtqich baliq hisoblanadi. U halolmi?
Javob: Halol. Chunki u baliqlar qatoriga kiradi. Aquladan boshqa ham barcha katta baliqlar o‘zidan kichigini eydi. Rasululloh solallohu alayhi vasallam kitni halol deganlar.
Savol: Baliqni yorilganda ichidan chiqqan baliq halolmi?
Javob: Odatda katta baliqlarning qorni yorilganda ichidan baliqlar chiqadi. Ular baliq yutib yuborgani uchun o‘lgan bo‘ladi. Bu sababdan o‘lgan baliq haloldir.
Savol: Suv qurib qolgani tufayli o‘lgan baliq halolmi?
Javob: Suv qurib yoki ozayib qolgani uchun, qirg‘oqqa chiqib qolgani uchun, to‘k urgani uchun o‘lgan baliq haloldir. Baliqlardan biror sababsiz o‘zi o‘lib qorni tepaga bo‘lib qolganlari haromdir. Chunki u kasallik tufayli o‘lgan bo‘lishi mumkin.
Savol: Suvda ham quruqda ham yashaydigan timsoh, baqa, qisqichbaqa, dengiz toshbaqasining hukmi nima?
Javob: Suvda ham quruqlikda ham yashaydigan hayvonlarning barchasi haromdir.
Savol: Baliq to‘rga tushib o‘lgan bo‘lsa, suvdan olinganidan keyin esa bo‘ladimi?
Javob: Baliqlarda tasmiyani aytib so‘yish shart emas. Qaysi yo‘l bilan o‘ldirilsa ham halol bo‘laveradi. Nima bilan o‘lgani ma’lum bo‘lmay suv ustida qorni yuqoriga bo‘lib oqib kelgan baliqni eb bo‘lmaydi. Hadisda uni tofiy deb zikr qlingan.
Savol: Kichik baliqni ichini tozalamay esa bo‘ladimi?
Javob: Ichaklarida najosatlari bo‘lgani uchun ichini tozalab eyish kerak.
Savol: Musulmon yoki ahli kitobning ovlagan qushi va so‘ygan hayvonidan boshqasini eb bo‘lmaydi, degan hukm ostiga ularning tutgan baliqlari ham kiradimi?
Javob: Baliq tutishda musulmon, ahli kitob, butparast yoki biror din vakili bo‘lishining farqi yo‘q. Barchasining tutgan balig‘i haloldir. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 09:24 | Savol-javoblar | 207 | Islam