Kitobni o‘qisa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Ustoz Xorun Yahyo va Xolik Nurboqiylarning shaxsiyatidan uzoqda bo‘lish lozimligini bilib oldim. Ularning  «Qur’onning ilmiy mo‘jizalari» kitobini xam o‘qib bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu din o‘ta nozikdir, uning har bir ta’limotini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan beri silsila orqali ustoz-shogird bo‘lib kelayotgan kishilardan olish kerak. Chunki Alloh taolo Qur’on karim hamda uning ma’nolarini qiyomat kunigacha o‘zgartirmasdan saqlab qolishni zimmasiga olgan va o‘sha saqlashning sababchilari qilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni, u zotdan keyin sahobalarni, sahobalardan keyin tobe’inlarni(Abu Hanifa rahmatullohi alayh ham o‘sha tobe’inlardan) ulardan keyin ularning shogirdlarini hozirgi kungacha silsila orqali davom etayotgan butun dunyo ahli sunna val jamoa tan olgan kishlarni tanlab olgan. U olimlar hamma vaqt kimdan ilm olganlarini va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamgacha borib taqalishini ustozlarning ijozalari orqali tasdiqlatib olishgan. Ilmni o‘shandek shaxsi, ustozi ma’lum bo‘lgan ustozlardan olish kerak. Ustozlari noma’lum yoki ahli sunna val jamoa ulamolari e’tirof qilmagan kishilardan ilm olishning oqibati oqibati fitnalarga, ixtiloflarga, hatto musulmon bo‘lgan insonlarni o‘ldirishgacha olib bormoqda. Bunga hamma vaqt guvoh bo‘lib kelingan va kelinmoqda ham. Siz aytgan kishilarni kitoblarida ham o‘nta haqiqat bo‘lib, orasiga bir-ikkita e’tiqodiy xatoliklar qo‘shilgan bo‘lsa insonning manzili o‘zgarib ketishiga kifoya qiladi. Shayx Sa’diy rahmatullohi alayh “Guliston” kitobida bir baytni keltiradilar. Undan bir a’robiyga qaratib: Ey a’robiy sen Ka’bani qasd qilib yo‘lga chiqibsan, lekin men sen Ka’baga etib borolmasang kerak deb qo‘rqaman. Chunki sen tushib olgan yo‘l Ka’baga emas turkistonga olib boradi – deyilgan. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 147 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar