Dengizda cho‘kib o‘lgan insonning masalasi
Ustoz, men hozir chet elda Allohning inoyati bilan tirikchilik va ibodat qilib yuribman. Men ishlayotgan shahar dengiz bo‘yida joylashgan bo‘lib, havo isidi deguncha cho‘milishga hamma o‘zini dengizga uradi. Yaqinda bir jiyanimiz shu dengizga o‘rtog‘i bilan borib cho‘milaman deb cho‘kib ketib, 4 kun deganda qirg‘oqqa qaytib keldi. Shu voqea haqida ozgina tafsilot: Shu 4 kun ichida MChS qidiruvchilari topisholmadi. Men bu xabarni 2-kun eshitib haqqiga Allohdan sog‘-omon, tirik yoki o‘lik bo‘lsa ham topilishini so‘radim. Ota-Onasi ham shu erda. Otasi bu 4 kun ichida umuman uxlagani yo‘q. Men 3-kun uyda o‘tirib Yosin surasidan ozgina o‘qib, yana Allohdan topilishini so‘radim. 4- kun meni dengiz bo‘yiga borib Yosin surasini o‘qishimni so‘rashdi. Men borib qirg‘oq yonidagi katta harsang tosh ustiga chiqib, ochiq dengizga qarab Qur’oni Karimni ochib hazrati Yosinni o‘qishni boshladim. Oxirigacha o‘qib tugatib duo qilib turdim. Keyin, Ustoz bilasizmi, ko‘nglim meni chap taraf qirg‘oq tomon yurishni boshladi. 25 metrlardan keyin qarasam jiyanimning Otasi tosh ustida yig‘lab o‘tiribdi. Menga ko‘rsatdilar haylooo qarang yuzi bilan suvda o‘lik holda yotibdi. U kishini aytishlaricha, men Yosin surasini o‘qishni boshlaganimcha (u kishi meni ko‘rganlar tosh tepasiga chiqib Yosin surasini o‘qiganimni) hech narsa ko‘rinmagan dengizda. Men o‘qishni tugatishimga bilmayman qancha daqiqa qolganida 50-100 metrlardan bir narsa ko‘ringan. Men o‘qib bo‘lganimdan keyin o‘sha ko‘rgan narsalari jasad ya’ni o‘g‘illari ekanliklarini ko‘rganlar. Allohga shukr, bir ojiz bandasini duosini qabul qilganiga shukronalar aytdim. Ustoz, jasad bus-butun Allohu akbar. Qidiruvchilarning aytishicha, bu ochiq dengizdan 4 kun ichida jasadni bus-butun bo‘lib qirg‘oqqa qaytib kelishi mo‘’jiza. Bu kungacha baliqlar yoki akula eb ketishi yoki umuman topilmasligi mumkin ekan. Allohga behisob shukronalar bo‘lsin topildi, ota-onasi ham tinchishdi. Jasadni maxsus tibbiyot xodimlari Morgga olib ketishdi. O‘zbekistonga olib ketish uchun tayorlashga. Ustoz, birinchi savolim shundayki, bu jiyanimni jasadini O‘zbekistonga olib borib Grobni ochib mayitni qayta yuvish kerakmi va unga janoza namozi o‘qiladimi? Ikkinchi savolim Grob bilan ham ko‘msa bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Yuviligan va kafanlangan bo‘lsa, tobut bilan ko‘msa bo‘ladi. Uzoq qolib, eskigani va ushlash qiyin bo‘lgani e’tiboridan. Janoza albatta, o‘qiladi.
26 May 2022, 19:21 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Yuviligan va kafanlangan bo‘lsa, tobut bilan ko‘msa bo‘ladi. Uzoq qolib, eskigani va ushlash qiyin bo‘lgani e’tiboridan. Janoza albatta, o‘qiladi.
26 May 2022, 19:21 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar