Shovvol ro‘zasini tutish haqida

Assalomu alaykum! Onajonim romazon ro‘zasining dastlabki 6 kunini kasallik tufayli tuta olmagan edilar. O‘sha qazo ro‘zani tutmasdan Shovvol oyi ro‘zasini niyat qilib tutgan ekanlar, shu kuni tushdan keyin avval qazo ro‘zani tutish kerak ekanligini bilib qoldilar. Savol: endi ushbu niyat qilgan ro‘zalari qazo sifatida qabul qilinadimi yoki nafl? Avval qazo tutish kerakligini bilib qolgandan keyin nima qilishlari kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Nafl o‘rniga o‘tadi. Avval qazolarini tutib keyin nafllarni tutish kerak. Naflni  ketma-ket tutmaslik afzal. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:51 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar