O‘zimiz xohlamagan holda ichimzdan chiqqan gapga javob beramizmi?

Assalomu alaykum! Men o‘zimni 1-2 oydan beri qiynayotgan dardga malxam topa olmayapman, aytishga xam tilim bormaydi. Allohni O‘zi kechirsin, men namoz o‘qiyman lekin ichimda bir ovoz Allohga nisbatan yomon gaplar aytib yuboradi. Buni o‘zim xohlamagan xolda bo‘ladi va darxol kechirim so‘rayman. Ichmdagi shu xayol va gaplar meni juda qiynab yubordi. Inson o‘zi xoxlamasa ham ichidagi aytgan shunday gapiga javob beradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu xayol shaytonning vasvasasi bo‘lib, sizning gapingiz emas. Shaytonni vasvasasi uchun siz javob bermaysiz. Vallohu a’lam!
Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing.
https://fiqh.uz/maqola/671

26 May 2022, 03:27 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar