Mendan qarzdor kishi
Assalomu alaykum! Men sizga yuborilgan savollar orasidan agar qarz bergan odam qarzidan kechsa keyin qayta so‘rashga haqqi yo‘q deb javob berilgan ekan. Meni savolim, mendan bir kishi qarzdor bo‘lib qoldi ancha vaqt orqasidan yurdim oxiri charchaganimdan keyin oxiratda bo‘yniga qolmasin va gunoxlarim kamaysin degan maqsadda qarzdan kechdim. Agar u biror kun qarzini olib kelsa men qanday yo‘l tutuy, agar umuman bermasa men kechganim uchun uning bo‘ynidan soqit bo‘ladimi va u gunohkor bo‘lmagan xolatda menga ajr bormi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Kechdim degan bo‘lsangiz qarz deb qaytarib kelsa olishingiz joiz emas. Shuning uchun siz kechganligingizni unga izhor qiling. Mabodo olishga majbur qilsa hadya deb bersangiz olishim mumkin deb ayting. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:54 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat