Xarbiylar namozi haqida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, manni juda qattiq qiynayotgan savolni javobini sizlardan so‘ramoqchiman. Man xarbiyman, ya’ni birovni ixtiyoridagi odam xisoblanaman. Biz ham namoz o‘qiymiz, Allohga shukur. Do‘stim aytishicha biz namozni qasr qilib o‘qishimiz keraka ekan. Bir xil vaqtlar namoz vaqtida bizga stroysa beriladi yoki postda bo‘lib qolamiz. Shuning uchun ham bizga qasr qilib o‘qish buyurilgan ekan va bir xil vaqtlar bo‘ladi bemalol bo‘lib qolamiz. Biz qanday namozni o‘qiganimiz ma’qul?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Qasr degani to‘g‘ri, lekin 4 rak’atni 2 rak’at qiladi degani emas. Biroz qisqaroq suralarni o‘qish, tasbehlarni sanog‘ini ozroq aytish, sunnatlarini holatga qarab gohida tark qilish bilan bo‘ladi. Farzlar to‘liq ado bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:56 | Savol-javoblar | 151 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar