Qur’onni xato o‘qilingan joyda

Assalomu alaykum! Men bir ikki marta ko‘pchilik ichida Qur’onni kitobdan o‘qigan otinoylar orasida bo‘ldim. Xatolikka yo‘l qo‘yib o‘qishganlarini eshitib davradan chiqib ketishni xam ko‘pchilik orasida tuzatishni xam bilmay qoldim. O‘zim saboq olganman. Aytsam davrani buzgan bo‘laman, ko‘pchilik noto‘g‘ri tushunadi deb o‘yladim. Shunaqa vaziyatda nima qilish kerakligini bilmay vijdonim qiynalib yuribdi. Aytmasam gunohmi eki chiqib ketishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Alohida holatda xato o‘qiyotganini aytib qo‘yish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:16 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar