Turmushimdagi muammo

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im 3 yildan buyon Rossiyada. Pul ishliman deb ketgan edilar. Biroq pulni faqat tel qilib so‘rasam jo‘natadilar. U xam bo‘lsa bir oydan nari borsa 150 dollar. Ajrashaman desam qo‘yib yubormayaptilar, kelib kemidilar, ajrashib ajrashmidilar. Nima qilishim kerak? 40 yoshdaman, vrachlar er kerak deyishvotdi. Erimmi chaqirsam kemayaptilar, kimnidir topi desam zino. Nima qili, qaerga bori? Asabim joydamas, turmush o‘rtog‘im kelgunlaricha yaxshi, toza bir inson topsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Topsangiz zino bo‘ladida. Yoniga boring, janjal qilib bo‘lsa ham boring. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 20:46 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar