Alloh borliqni 6 kunda yaratganligi

Assalomu alaykum! Alloh taolo borliqni 6 kunda yaratganligiga iymon keltiramiz alhamdulillah. Bir kuni ukam mendan borlikni Alloh 6 kunda tinmay yaratganmi ammo Alloh xarakat qilishi shartemasku U bo‘l desa xamma narsa bo‘ladiku degan savol berib qoldi. Meni bu savolga javob berishga ilmim etmadi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ukangiz to‘g‘ri aytibdi. Birinchi kun “Bo‘l” dedi, maxluqotlarning bir bo‘lagi yaraldi. Boshqa kunlari ham shunday. Bu degani bir kun tinmay mehnat qilib yaratdi degani emas. “كُن(BO‘L)” desa bir lahzada hammasi yaralar edi, bunga shak-shubha yo‘q. Alloh 6 kunga bo‘lib yaratishida juda ko‘p hikmatlar bor. Biri dunyo o‘z o‘zidan yaralib qolmaganligiga ishoradir. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:45 | Savol-javoblar | 150 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar