Videoregistratordagi qaydlar

Assalomu alaykum! Muhtaram ustozlar, mashinamizning videoregistratorida bir kunda o‘nlab qoida buzulishlari yoziladi. Ba’zilari o‘ta qo‘pol (ko‘pchiligi katta bekatlarga mashinasini qasddan qo‘yadi, ba’zilari atayin qizil chiroqda harakatlanadi) va insonlar hayotiga xavf soladigan darajada qo‘polliklar. Ularni ichki ishlar rasmiy saytiga joylashtirsa o‘sha haydovchilarga jarima yoziladi. Gohida o‘sha haydovchilarning ham oilasi bor deb rahmim kelsa, gohida o‘ta quyushqondan chiqqanlari g‘azabimni keltiradi. Ularni o‘sha YHXB saytiga yuborganimiz to‘g‘rimi yoki bu ishdan qaytganimiz yaxshimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Asta sekinlik bilan buni ham yo‘lga qo‘yish kerak. jabr ko‘rmaydigan darajadagilarni jo‘natish kerak. Aks holda bu millat qoloqligicha qolib ketaveradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:57 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar