Injil va Tavrot kabi kitoblar

Assalomu alaykum! Xozirgi kunlarda ko‘chalarda va internet saxifalarida Injil va shunga o‘xshash kitoblarni o‘qishlikka targ‘ib qilayotgan erkak ayollarni ko‘p uchratyapmiz. Bizga ma’lumki bunday kitoblarni o‘qishlikdan qaytarilgan. Shunday kitoblarni o‘qishlikdan qaytarilgan biror aniq xadis rivoyat qilinganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! عن جابر - رضي الله عنه - عن النبي - صلى الله عليه وسلم - حين أتاه عمر فقال : إنا نسمع أحاديث من يهود تعجبنا ، أفترى أن نكتب بعضها ؟ فقال : أمتهوكون أنتم كما تهوكت اليهود والنصارى ؟ ! لقد جئتكم بها بيضاء نقية ، ولو كان موسى حيا ما وسعه إلا اتباعي " . رواه أحمد ، والبيهقي Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Umar kelib “Biz yahudiylardan hadis(hikoya va ma’ruza)lar eshitamiz” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Sizlar(o‘z diningiz haqida) yahudiy va nasorolar kabi shak shubhadamisiz? Men sizlarga ochiq-oydin, sof, xolis(din)ni keltirdim. Agar Muso tirik bo‘lganida menga ergashishdan boshqa narsa qilishi joiz bo‘lmas edi” dedilar".
Imom Ahmad va Bayhaqiylar rivoyati. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:58 | Savol-javoblar | 144 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar