Ayolimning tillalaridan zakot

Assalomu alaykum! 1) Ustozlar, mani ayolim tilla taqinchoqlaridan foydalanadi. Ayolim tilla taqinchoqlari uchun zakot beradimi? internetda 85 gr oshsa zakot beriladi deb o‘qib qoldim. Ayolim tilla taqinchoqlari uchun zakot beradimi? 2). O‘zi berishi kerakmi yoki o‘rniga man bersam ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). 85 gramm tillasi bor odam zakot berishi shart.2). Avvalo o‘zi berishi shart, siz bermoqchi bo‘lsangiz qo‘liga bering, ayolingiz xohlaganiga bersin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:58 | Savol-javoblar | 134 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar