Ijtimoiy tarmoqlarda yana to‘qima hadis urchimoqda
Assalomu alaykum! Ustozlar dinga zarar etkazish maqsadida ko‘p ishlar bo‘lib turadi. Shulardan biri musulmonlar orasiga to‘qima hadislarni tarqatib, odamlarni farz ibodatlarini ado qilmasa ham jannatga tushaveradigan qilib qo‘yuvchi ma’lumotlar ekan. Shu kunlarda namozni qazosini o‘qishdek farz amalidan qaytaruvchi quyidagi to‘qima hadis tarqalmoqda. Buni din dushmanlari to‘qib chiqarishsada afsus buni o‘zini musulmon deydigan kishilar tarqatishmoqda. O‘sha tarqatilayotgandan iqtibos: Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo S.A.V. buyurdilarki: ummatlarimni qazo namozlari bo‘lsa ramazonning oxirgi juma kuni juma namozi bilan asr namozi orasida 4 rakat namoz o‘qisa 400 yillik qazo namozini o‘qigan bo‘ladi. Inson 400 yil qazo namoz qila olmagani uchun ortgani onasi, dadasi, bolalari, qo‘shnilarining o‘rniga o‘tadi. Namoz 4 rakat sunnat kabi (niyat qildim Alloh rizosi uchun avvalgi ustimda qolgan qazo namozlarining kafforati uchun 4 rakat sunnat namozini o‘qishga) har rakatda fotihadan sungra 10 oyatal kursi,15 kavsar, 3 kafirun, 3 ixlos o‘qiladi. Salomdan keyin 70 istigfor 70 salovat o‘qiladi Olloh namozlarimizni duolarimizni qabul etsin AMIN... iqtibos tugadi. Ustozlar shunday narsalarni to‘qib tarqatayotganlarga shariat hukmini aytsangizlar va telegrammda ham chiqarsangizlar zora chiqarayotganlar va tarqatayotganlarga Alloh tavfiq bersa. Javob uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bunday gap dinimizda yo‘q. Bu kabi gaplarni tarqatishdan ehtiyot bo‘lish kerak. Qazolarni har birini birma-bir o‘qib chiqmagunicha zimmasida qolaveradi. Bu kabi dinda yo‘q gaplarni to‘qib fatvo beruvchilar va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nomlaridan yolg‘on to‘quvchilar haqida quyidagicha hadislar kelgan. عَنْ عُبَيْدِ الله بْنِ أَبِي جَعْفَرَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَجْرَؤُكُمْ عَلَى الْفُتْيَا أَجْرؤُكُمْ عَلىَ النَّارِ. رَوَاهُ الدَّارِمِيُّ Ubaydulloh ibn Abu Ja’fardan rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Fatvoga jur’atli bo‘lganingiz do‘zaxga jur’atli bo‘lganingizdir», dedilar».
Dorimiy rivoyat qilgan.
Kim do‘zaxga tushishdan qo‘rqmasa, parvo qilmasdan to‘g‘ri kelgan fatvoni aytaveradi.
Ushbu ta’limotlar musulmonlarning avvalgi avlodlari tomonidan yaxshi o‘rganib chiqilgan, ularga amal qilingan va ular asosida maxsus qoidalar ishlab chiqilgan edi.
Abdurrohman ibn Abu Laylo bir masalani so‘rab bilib olish uchun bir yuz yigirmata sahobiyga murojat qilganini, ularning hammasi o‘zidan boshqadan so‘rashni tavsiya qilganlarini rivoyat qilgan.
O‘zidan ilmliroq kishining borligini bilgan olim ham o‘zi fatvo bermay mazkur bilmliroq kishidan so‘rashni maslahat berishi qoidaga kiritilgan.
Musulmonlar ushbu qoidaga qarshi chiqqanlarga nisbatan murosasiz kurash olib borganlar va shuning uchun ham, turli ixtiloflar hamda balo ofatlardan saqlanganlar.(“Din nasihatdir” kitobidan). عَنْ عَبْد ِاللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: بَلِّغُوا عَنِّي وَلَوْ آيَةً، وَحَدِّثُوا عَنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ وَلَا حَرَجَ، وَمَنْ كَذَبَ عَلَيَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالتِّرْمِذِيُّ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Mendan bir oyat bo‘lsa ham etkazinglar. Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yo‘q. Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘iga joylashaversin», dedilar».
Buxoriy va Termiziy rivoyat rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uchta muhim masalani bayon qilmoqdalar.
1.«Mendan bir oyat bo‘lsa ham etkazinglar».
Ya’ni, mening bilganim oz narsa, faqat birgina oyat, deb o‘tirmanglar. O‘shani bo‘lsa ham odamlarga etkazinglar, demoqdalar.
2.«Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yo‘q».
Bu ish ruxsat berilgan doirada bo‘lishi kerakligini ulamolarimiz ta’kidlaganlar. Chunki boshqa bir hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Ahli kitoblarni tasdiqlamanglar ham, yolg‘onchi ham qilmanglar. Allohga va U zotdan o‘zimizga nozil qilingan narsaga iymon keltirdik, denglar», deganlar.
Shuning uchun ularning shariatimizga muvofiq narsalarini tasdiqlaymiz, shariatimizga nomuvofiqlarini yolg‘on, deymiz.
3.«Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘iga joylashaversin».
Bilib turib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytmagan narsani u zotdan, deb gapirish shunchalar yomon narsaki, kim shu ishni qilsa, do‘zaxiy bo‘lishi turgan gap.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Oz bo‘lsa ham, o‘zi bilgan ilmni o‘zgalarga etkazish zarurligi.
2. Bani Isroil haqida shariatimiz izn bergan ma’noda gapirish joizligi.
3. Kim Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxiy bo‘lishi.
Ushbu hadisi sharifni hayotimizga tatbiq qilishga juda muhtojmiz. Bilgan narsalarimizni oz-ozdan bo‘lsa ham, o‘z birodarlarimizga o‘rgatishimiz zarur. Qanchadan-qancha kishilar kalimai shahodatni o‘rganishga muhtojlar. Ularga bu narsani bilganlar o‘rgatmasa, kim o‘rgatadi?
Qanchadan-qancha kishilar aqalli bir oyatni ham, Qur’ondagi kichik suralarni ham bilmaydilar. Ularga ham bilganlar o‘rgatmay, kim o‘rgatadi?! Tahorat, g‘usl, namoz, janoza va boshqa ko‘plab shar’iy ahkomlarni bilmaydiganlarimiz ko‘p. Bularning hammasini ularga biladiganlar o‘rgatishi lozim. Ba’zi narsalarni bilganlar undan ham ko‘ra ko‘proq narsalarni bilishga intilishlari, o‘zlaridan ko‘proq biladiganlardan o‘rganishlari lozim bo‘ladi va hokazo.
«Bani Isroil» va boshqa ahli kitoblar haqida ham bilganlar bilmaganlarga gapirib, shariatimizning ularga bo‘lgan munosabatlarini tushuntirib berishlari lozim. Chunki bilimsizlik oqibatida ular bilan noto‘g‘ri munosabat va aloqalar vujudga kelmoqda. Kishilarimiz adashib, katta xatolarga yo‘l qo‘ymoqdalar.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on to‘qilishining ham oldini olish lozim. Bilib-bilmay, turli gaplarni hadis deb aytish katta gunohdir. Bu o‘sha odamning do‘zaxga kirishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun haqiyqiy ekanligiga to‘liq ishonch hosil qilmasdan turib, hadis aytish yaxshi emas. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:59 | Savol-javoblar | 136 | Hadislar