Tovuq fermasidan zakot

Assalomualaykum! Menga 2017-yilning dekabr oylarida 2 yaqin do‘stim ishsiz qolgani va ubu ish qilish taklifi bilan kelishdi, shunda men uy olish uchun yig‘ib kelayotgan pullarimni va do‘stlarimdan birining avtoulovini sotib ikkinchi do‘stimizni erida tuxum uchun tovuqchilik fermasini tashkil etdik. Tashkil etgan fermamiza shu yilning may oyidan daromadga kirishni boshladi. Keyingi maqsadimiz daromadni olmasdan u tovuq fermasini ko‘paytirish. Xozirda shu umumiy ishimizadan qanday tartibda Zakot to‘laymiz? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Savol: Men jo‘ja sotib olaman. Ular 22 haftada tuxumga kirishadi va 86 hafta tuxum qilishadi. Keyin ularni sotib yuboraman. O‘sha jo‘jalar zakot moliga qo‘shiladimi?
Javob: وَالْأَصْلُ أَنَّ مَا عَدَا الْحَجَرَيْنِ وَالسَّوَائِمَ إنَّمَا يُزَكَّى بِنِيَّةِ التِّجَارَةِ بِشَرْطِ عَدَمِ الْمَانِعِ الْمُؤَدِّي إلَى الثِّنَى وَشَرْطِ مُقَارَنَتِهَا لِعَقْدِ التِّجَارَةِ وَهُوَ كَسْبُ الْمَالِ بِالْمَالِ بِعَقْدِ شِرَاءٍ أَوْ إجَارَةٍ أَوْ اسْتِقْرَاضٍ . وَلَوْ نَوَى التِّجَارَةَ بَعْدَ الْعَقْدِ أَوْ اشْتَرَى شَيْئًا لِلْقِنْيَةِ نَاوِيًا أَنَّهُ إنْ وَجَدَ رِبْحًا بَاعَهُ لَا زَكَاةَ عَلَيْهِ  “Asl qoida shuki, tillo, kumush va chorva mollaridan boshqasida tijorat niyati bilan bo‘lsa, zakot beriladi va sharti shuki, aqd qilayotganida tijoratni niyat qilish kerak. Hoh u sotib olish, ijaraga berish yoki qarz olish bo‘lsin. Agar aqddan keyin tijoratni niyat qilsa yoki sotmasdan o‘ziga olib qolish maqsadida sotib olganidan keyin foyda chiqsa, sotib yuboraverishni niyat qilsa, undan zakot berilmaydi” (Durrul muxtor).
Bu suratda olinadigan tuxumning qiymatidan zakot beriladi. Agar o‘zi nisobga etsa yoki boshqa moliga qo‘shilib nisobga etsa. Jo‘jalardan esa zakot berilmaydi. Garchi tuxumdan qolganidan keyin sotib yuboraman degan niyatda sotib olsa ham. (Fatavo Usmoniy).  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:03 | Savol-javoblar | 141 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar