Ummatning 100 yoshdan o‘tishi

Assalomu alaykum! bir kishidan eshitib qoldim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bundan keyin xech bir inson 100 yoshdan o‘tmaydi degan ekanlar. Shu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Yosh to‘g‘risida quyidagi hadis kelgan. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ  رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: أَعْمَارُ أُمَّتِي مَا بَيْنَ السِّتِّينَ إِلَى السَّبْعِينَ، وَأَقَلُّهُمْ مَنْ يَجُوزُ ذَلِكَ. رَوَاهُمَا التِّرْمِذِيُّ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ummatimning umrlari oltmish bilan etmish o‘rtasidadir. Ozlarigina undan tashqarida bo‘ladilar», dedilar».
Termiziy rivoyat qilgan. (“Hadis va Hayot” kitobidan)
Siz o‘qigan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarning ichida kechasida “shu kechadan” deb aynan o‘sha kechani iroda qilib, “Yuz yildan keyin hozirgi kechada tirik bo‘lganlardan birortasin qolmaydi” deganlar. siz kabi ba’zi bir kishilar “Yuz yildan keyin qiyomat bo‘lar ekanda” degan tushunchaga ham borishgan. Bu ummat kishilari yuz yoshdan o‘tmaydi degan iroda qilinmagan. Hozirda mumulmonlarda yuz yoshdan o‘tganlari yuzminglab topiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:05 | Savol-javoblar | 177 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar