Uyali aloqa kompaniyalarining bonuslari

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bir birodarimizning "Uyali aloqa kompaniyalarining yutuqli o‘yinlari" haqidagi savollariga "Yutuq chiqsa, halol emas" ma’nosida javob beribsiz. Bugungi kunda bizlarning tarifimizda hisobga 5000 so‘m tashlansa, bonus sifatida tekin daqiqalar beriladi. Ushbu bonus daqiqalar ham halol emasmi? Alloh umringizni ziyoda qilsin! Shu o‘rinda o‘sha birodarimizga ham tashakkurlar aytamiz!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ular o‘z savdosini ko‘paytirish uchun shunday qiladilar. Buni tushunib qilganlarga hechqisi yo‘q.

26 May 2022, 17:59 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar