Namozda til bilan niyat qilish
Assalomu alaykum! Ustozlar, namoz boshlayotgan odam tili bilan niyat qilishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! "Kifoya" kitobida quyidagicha keladi: NIYaT MASALASI Endi niyatga oid matnlarni o‘rganamiz.
Ushbu matnlarda hamma bilishi lozim bo‘lgan niyatga bog‘liq ahkomlar zikr qilinmoqda. Keling, ularning sharhini o‘rganaylik.
Takbiri tahrimaga ulab iqtido qiladigan bo‘lsa, uning (o‘sha vaqtning) namozini va unga (imomga) iqtido qilishni qasd qiladi.
Namozxon takbiri tahrimani aytishdan oldin bevosita niyat qilishi kerak. Agar yolg‘iz o‘zi o‘qiyotgan bo‘lsa, qaysi namozni o‘qiyotganini qasd qilib turib, takbiri tahrimani aytishi lozim. Agar imomga iqtido qilayotgan bo‘lsa, o‘sha namozga qo‘shib iqtidosini ham niyat qilishi kerak. Imom esa niyatida o‘qiyotgan namozini tayin qiladi. عَنْ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: إِنَّمَا الْأَعْمَالُ بِالنِّيَّاتِ.... رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, amallar niyatlarga bog‘liqdir...» deganlarini eshitdim».
Ikki shayx rivoyat qilishgan.
Ibodatlar odatlardan niyat bilan farqlanadi.
Qasdini talaffuz qilsa afzal bo‘ladi.
Ya’ni niyatini tili bilan aytsa yaxshi bo‘ladi. Aytmasa, o‘zining ishi.
Farz va vojibdan boshqaga mutlaq namozni niyat qilsa, kifoya qiladi.
Chunki nafl va sunnat namozlarni tayin qilishga hojat yo‘q.
Farz va vojibni tayin qilish vojibdir. Adadini emas.
Bomdod, peshin kabi farz namozlar, vitr, iyd, nazr kabi vojib namozlar borligi uchun ularning qay birini o‘qiyotganini tayin qilish lozim bo‘ladi. Lekin o‘qilayotgan namozning rak’atlari adadini aytish shart emas, chunki farz va vojib namozlarning qaysinisi necha rak’atligi ma’lum va mashhur. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:05 | Savol-javoblar | 150 | Namoz