Iftorlikni qisqa qilish

Assalomu alaykum! 06. Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Modomiki iftorni tez qilar ekanlar, kishilar xayrlikda bo‘lurlar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Abu Dovud lafzida: «Modomiki odamlar iftorni tez qilishar ekan, din ustun bo‘lur. Chunki yahudiy va nasroniylar uni kechga sururlar», deyilgan. Termiziy va Ahmadning rivoyatlarida esa: «Alloh azza va jalla: «Men uchun bandalarimning eng mahbubi iftorni tezroq qiladiganidir», dedi» deyilgan. @arabik uz. Ushbu hadisda iftorlikni vaqti kirishi bilan iftor qilish nazarda tutilyaptimi yoki iftorlikni qisqa qilishmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ikkisi ham. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:11 | Savol-javoblar | 152 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar