Ramazonda tahajjud
Assalomu alaykum! Bizning masjidda tunning uchinchi yarimida qiyom al-layl o‘qilyapti. 8 rakaatdan so‘ng 2 rakaat namoz, salomdan keyin 1 rakaat vitr, sajdadan oldin duo qilinyapti. Taroveh namozini hanafiy mazhabda o‘qiladigan majidda o‘qimoqdaman. 1. Vitrni taroveh namozidan keyin hanafiy mazhabida o‘qib, qiyom ul-laylning 8 rakaatinigina o‘qiganim yaxshimi? Yoki tarovehni 20 rakaatini o‘qib, vitrni tahajjuddan keyin boshqa mahzabdagi imom bilan o‘qiganim afzalmi? 2). Agar taroveh namoziga ulgira olmay, uyda o‘qigan bo‘lsam, vitrni qay tarzda o‘qiganim yaxshi? Bir o‘zim tarovehdan so‘ng, tahajjuddan keyin boshqa mazhabdagi imom bilan yoki bir o‘zim tahajjuddan keyinmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Hanafiy mazhabida, boshqa mazhablarda ham shunday, tahajjudni, boshqa nafllarni ham jamoat bilan o‘qish er-xotin yoki to‘rttagacha bo‘lgan kishilar bilan o‘qish joiz. Undan ko‘pi xususan jamoat tashkil qilinib o‘qish yo‘q. Bid’atga qarshi turuvchi ko‘p insonlar ham shu erga kelganda go‘yoki ko‘rmagandek bo‘ladilar. 2). Har doimgidek. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:05 | Savol-javoblar | 143 | Namoz