Ayollar tarobex nomozi

Assalomu alaykum! Ayollarning xam tarobex nomozi o‘qishi joizmi? Ayollar nomozni erkaklardan keyin o‘qishi rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Taroveh namozini o‘qish ular uchun ham sunnati muakkada. O‘qimaganlari uchun gunohkor bo‘ladilar. Fuqaholar sunnati muakkadani tark qilgan kishi tark qilishda bardavom bo‘lsa oqibatda haromga qo‘l urgan bo‘ladilar. Bunday kishilar qiyomatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shafoatlaridan mahrum bo‘ladilar – deganlar.  2). Namozda ikki haqq bor. Biri Alloh taoloning haqqi ikkinchisi bandaning haqqi. Alloh taolo O‘z fazli ila jamoat bilan o‘qiydigan bandalarning haqqini O‘z haqqidan usutn qo‘yib, ularga qulay bo‘lgan vaqtlarda o‘qishni mustahab qilgan. Masalan bamdodga jamoat ulgurib qolishi uchun yorishtirib o‘qish. Yolg‘iz o‘qiydigan kishilar hamda ayollar vaqti kirio‘i bilan o‘qib olishlari afzal hisoblanadi. Bu borada erkaklarni kutib o‘tirish yaxshi emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:06 | Savol-javoblar | 165 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar