Kafforot ham vojibmi
Assalomu alaykum! Bir necha oylar oldin bir gunoh ishni tark etish maqsadida "qachonki shu ishni qilsam, har safar falon so‘m miqdorda ehson qilaman" deb niyat qilgan edim. Qasam ichmaganman va ehsonni amalga oshirish uchun ma’lum bir muddat tayin qilmaganman. Hozirda, alhamdulillah, yillar mobaynida tark eta olmayotganim o‘sha ishni qilmay qo‘ydim. Lekin avvalida, irodam sustlik qilib, 10 marta u ishga qo‘l urdim. 1) Mening holatimda niyat qilingan summani 10 ga ko‘paytirib ehson qilish etarlimi yoki kafforot ham vojibmi? 2) Berilgan zakot yuqoridagi holat uchun hisobga o‘tadimi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). O‘n marta qasamning kafforatini to‘laysiz. 2). O‘tmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:09 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). O‘n marta qasamning kafforatini to‘laysiz. 2). O‘tmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:09 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar