Issiqxona etishtirilgan ekinning ushri

Assalomu alaykum! Biz issiqxonada dexqonchilik bilan shug‘ullanamiz va yiliga ikki martta xosil etishtiramiz. Hosil birdaniga pishmaydi,1.5-2.0 ichida pishganini terib sotamiz. Shu ekin pishgunicha dori-darmon va ishchi kuchi xamda boshqa xarajatlar bor. Narx-navo vaxti vaxti bilan o‘zgarib turadi. Shu kungacha qancha kg terdik va necha puldan sotganimizni yozib boryapman. Ushrini qanday hisoblaymiz? Xamma xarajat chiqib bo‘lganidan so‘ngmi yoki pishib sotilgan hosilni yigirmadan birini ushr qilib beramizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Hammasini yozib borib, umumiy narxdan 20dan birini ajratasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:09 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar