Nabiy sollallohu alayhi vasallam meroj kechasi Allohni ko‘rganlarmi?
Ahmad Lutfiy Qozonchining "Saodat asri qissalari-2" asarida quyidagi so‘zga jumlaga duch keldim: Iqtibos keltiraman"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘sha kecha Alloh taoloning jamolini to‘yib-to‘yib ko‘rib olganlari ham aniq." lekin bir kitobda quyidagiga ham duch keldim. Iqtibos keltiraman:"Masruq rivoyat qiladi: «Oishaning huzurida suyanib o‘tirgan edim. U menga, (Oisha roziyallohu anho – Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning suyukli ayoli) aytdiki: «Ey Oishaning otasi, kim uch narsani da’vo qilsa, Allohga katta bo‘hton to‘qibdi». Men: «Ular qaysilar?», – dedim. U aytdiki: «Kim Muhammad alayhissalom Robbisini ko‘rdi, deb da’vo qilsa, Allohga katta tuhmat qilgan bo‘ladi», – dedi. Men suyanib turgan joyimda o‘tirib olib dedim: «Ey ummul mo‘minin, menga qarang, meni shoshiltirmang, Alloh azza va jalla bunday deb aytmaganmi: «Darvoqe, (Muhammad alayhissalom Jabroil farishtani o‘zining asliy suratida) ikkinchi bor (jannat) chetidagi Nilufar oldida ko‘rdi» (An-najm, 13-14). Oisha roziyallohu anho unga dedi: «Men bu haqda Rasul alayhissalomdan eng birinchi so‘raganman. U kishi: «U Jabroildir. Men uni haqiqiy qiyofasida faqat ikki marta ko‘rganman. Bir safar uni ufqda, er va osmon orasini egallab turgan holda ko‘rdim». Oisha onamiz: «Alloh taolo bunday deganini bilmaysanmi: «Ko‘zlar unga eta olmas. U ko‘zlarga etar! U mehribon va (har narsadan) ogoh zotdir» (An’om, 103).Qaysi biriga ishonay? Yoki tarjimada xato bor ekanmi? Javob uchun oldindan rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu masalada ikki xil gap bor. Ba’zilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloni me’rojda peshonadagi ko‘zlari bilan ko‘rganlar, deydilar. Boshqalar, jumladan Oisha onamiz roziyallohu anho, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloni me’rojda qalb ko‘zlari bilan ko‘rganlar, deydilar.
30 Aprel 2022, 10:55 | Savol-javoblar | 188 | Aqiyda