Qo‘shnilar haqida

Assalomu alaykum! Bizni ona bola qo‘shnimiz bor. Onasining yoshi 70dan baland qizi esa 45 yosh atrofida. Ular biznikiga kuniga 3 maxal chiqishadi, uyimizga xatto chaqirmay xam kirib kelaverishadi. Goxida noqulay vaziyatda bo‘lamiz, lekin xech uyalishmaydi. Biznikiga chiqib goxida dinga qarshi gap xam aytishadi. Yaqinda eshitdik bizni uyimizdagi gaplarni uyimizdagi nojo‘ya xarakatlarni xammaga tarkatyapti ekan. Shuning uchun ularni uyimizga kiritmay qo‘ysak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Sizning ruxsatingizsiz uyga kirishi mumkin emas. Vallohu a’lam!

21 Avgust 2022, 19:12 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar