Otamning roziligi

Assalomu alaykum! Yoshim 21da. Ro‘mol urashni juda xoxlayman. Onamga aytdim qarshi bo‘ldi dadang ruxsat bermaydi tinch o‘tir dedilar. Chunki 17 yil oldin onamga xam ruxsat bermagan. Yaqinda ukamning masjitga borib namoz o‘qiyotganini yoshitib urshdilar. Shundan keyin borgani yo‘q. Shularni uylab ro‘mol urash niyatim bor ruxsat bering deb surashga qo‘rqyabman. Dadam davlat ishida ishlidi. Siyosatni qattiq talab qiladi. Qayerga kim bilan nechida borganimizgacha surishtiradi. O‘zi juda yaxshi inson. Lekin shu din masalasida. Shunga nima qilsam dadamni roziligi bilan ro‘mol o‘rolaman. Aytsam qarshilik qilsalar nima qilaman?


«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:

– Va alaykum assalom! Satri avrat har bir balog‘atga yetgan qizning zimmasidagi farzdir. Otangizning qarshiligi siz uchun avratingizni ochib yurishga uzr bo‘la olmaydi. Banda ma’siyatga buyursa itoat qilinmaydi. Alloh otangizga hidoyat bersin. Vallohu a’lam!



12 Iyul 2022, 17:14 | Savol-javoblar | 190 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar