Homilador ro‘za tutsa bolani haqqidan babahra qilgan bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Avvaldan berayotgan noo‘rin savolim uchun uzr so‘rayman. Yaqinda xomilador ekanimni bildim. Buni bilsam xam ro‘za tutishni davom ettiryapman. Menda ro‘za tutayotganligim uchun xech qanday salbiy o‘zgarish sezmadim. Lekin qaynonam tutumasligim kerakligini, bolani xaqqidan bebaxra qoldirayotganimni, farzand oldida gunox ekanini aytyaptilar. Iltimos shu mavzuga oydinlik kiritsangizlar? Ro‘za tutsam, bolani xaqqi kechiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Qaynonangiz bekorni aytibdilar. Kuzatib turing, agar salomatligingizda salbiy o‘zgarish bo‘lsa ro‘za tutishni kechiktirishga ruxsat bor. Shu kungacha onalarimiz homiladorlik paytida ham emizikli paytlarida ham ro‘za tutib kelishgan. Zarar qilsa shariatimiz kechiktirishga ruxsat beradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:13 | Savol-javoblar | 142 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar