Bamdoddan keyin nafl namozi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir tanishim bilan bomdod namozini birga o‘qidik, keyin ular yana namoz o‘qishdi. Men bomdoddan keyin quyosh chiqqungachor boshqa(nafl )namoz o‘qib bo‘lmidi desam ular bu nafl emas “shukur” namoz deyishdi. Men axir shu naflku desam yo‘q bir qori aka aytganlar “shukur” namoz o‘qisa bo‘ladi deb deyishdi. Shunga men xato gapirib qo‘ymadimmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Noto‘g‘ri aytishibdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bamdodning sunnatidan boshqa nafl namoz o‘qilmasligini aytganlar. Ularning gapi shu gapga zid. Qazolarini o‘qish joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:14 | Savol-javoblar | 180 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar