Ro‘za va namoz haqida

Assalomu alaykum Ko‘plab savollar paydo bo‘ladi shunda shu saytga kirib izlash xizmatidan foydalanib ana shu savollarimga javoblar olaman. Buning uchun avvalo ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Alloh ularni o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin) va albatta sizlarga tashakkurlar aytaman! 1. Agarda tahorat olgan bo‘lsayu lekin yana ko‘nglida xuddi tahorat buzilganday bo‘lib qayta tahorat olsa va shu holat 2, 3 marta ba’zan ko‘p marta takrorlansa buni hukmi qanday? Bu holatda meni shayton vasvasa qilayotgan namozimni kechiktirishga urinayotgan bo‘ladimi? 2. Halol va harom haqida. Hozirda ustoz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratimiz (Alloh ularni o‘z rahmatiga olsin) ning "Halol ochiq oydindir, harom ochiq oydindir" deb nomlangan kitoblarini mutolaa qilyapman. Shu kitobda quyidagi jumlani o‘qidim: Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida "Ey odamlar! Er yuzidagi narsalardan halol-poklarini englar" oyati tilovat qilindi. Shunda Sa’d ibn Abu Vaqqos turib: Ey Allohning Rasuli, duo qiling, Alloh meni duosi qabul bo‘ladiganlardan qilsin" dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: " Ey Sa’d, taomingni halol qil, duosi qabul bo‘ladigan bo‘lasan. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zot bilan qasamki, bir banda harom luqmani qorniga tashlasa, Uning amali qirq kungacha qabul qilinmaydi. Qaysi bandaning go‘shti haromdan va ribodan o‘ssa, unga do‘zax munosibdir", dedilar". So‘ngra esa quyidagi rivoyatda keladigan duoni qildilar. Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Allohim! Qachon Sa’d senga duo qilsa, qabul aylagin!" dedilar". Termiziy rivoyati. Bu sahih hadisda kelgan jumlani to‘laqonli tushundim. Savolim esa quyidagicha: men talabaman, kursdoshlarim bilan birga yashayman. Biz bir-birimizmi narsamizni, olib kelgan oziq-ovqatlarizimi seniki-meniki qilmasdan eyaveramiz. Men kecha iftorlik qildim. Bir do‘stim kechroq uyga keldi va eyishga ul-bul narsalar olib kelgan ekan. Meni ham chaqirdi kel ovqatlanamiz deb. Men og‘zimni ochib iftorlik qilib bo‘lganligim uchun qornim to‘q edi. Bemalol ovqatlanilar dedim. Ular ovqatlanishdi. So‘ngra men saharlikka turganimda u olib kelgan narsalardan ham, o‘zim sotib olgan eguliklardan ham tanovvul qildim. Lekin do‘stim uxlab qolgandi. Undan so‘ramasdan oz bo‘lsada edim. Ertalab uyg‘onganimzda esa unga ayttim agar bir harom luqma esa 40 kungacha amali qabul bo‘lmas ekan deb men siz olib kelgan narsalardan edim menda ham shunday bo‘lib qolmadimikan deb so‘radim u biz bir joyda yashaymiz harom luqma emadingku, o‘g‘irlik qilmadingku dedi. Ustozlar, men saharlikka egan eguligim egasiga aytilmaganligi uchun harom bo‘lib qolmadimi? 3. Ba’zan men jamoat namoziga kech keladigan bo‘lsam farzni o‘qib bo‘lgach agar sunnat namozlari ham bo‘lsa sunnatni o‘qiyotganimda imom tasbehni ham, Oyatal kursiyni ham, biror sura tilovatini ham o‘qib bo‘lib duo qilib turgan bo‘ladi (chunki men kelgunimga qadar ular sunnatni o‘qib bo‘lishgan bo‘lishadi) men esa namozimda davom etaveraman. Namozimni buzmayman. Shu ishim joiz deb o‘ylayman. Shu to‘g‘rimi, ustozlar? 4. Agarda kunduzi bilan o‘qish va ishlar bilan charchab, ertasi kuniga Ro‘za tutishni niyat qilib iftorlik qilsayu og‘iz yopguncha bo‘lmasdam uxlab qolsa. Juda ham charchaganidan uxlab qolib soat 9:00 dan oshib ketganda uyg‘onsa. Uygonganida esa hech narsa emasdan niyatini yangilab olsa ham Ro‘zasi durust bo‘laveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Vasvasaga e’tibor bermang.
2). Harom bo‘lmaydi.
3). Ha.
4). Durust bo‘ladi. Shunday qilish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:14 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar