Qur’onni krill alifbosida o‘rganish joizmi?
Ta’tilga chiqqanimda o‘zim mustaqil ravishda Qur’on suralari arab alifbosida va tagiga krill alifbosida yozilgan kitobdan o‘qib, yodlamoqchi edim. Masjid imomidan shunday qilsam bo‘ladimi desam “Yo‘q, bo‘lmaydi! Qur’onni ustozdan o‘rganish shart. Arab alifbosida yozilganidan o‘qib, o‘rganish lozim. Krill va lotin alifbosida yozilganidan o‘rganib bo‘lmaydi” dedilar. Shu to‘g‘rimi? Axir hamma ham arab alifbosidan o‘rgana olmaydiku? ! Ustozdan o‘rganishga sharoit bo‘lmasachi? Unda Namozni yangi o‘rganayotganlar qanday qilib suralarni yodlaydilar? Mustaqil ravishda krill alifbosida yozilganidan yodlab, so‘ngra Muhammad Siddiq Minshaviy, Mushariy ibn Roshid Al- Afasiy, Abdurrohman As-Sudays, Sa’d Al-G‘omidiy kabi mashhur qorilarga taqlid qilib qiroat qilsa bo‘ladimi? Bo‘lmasa qanday qilib Qur’onni yodlasa bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Namozga keragini qanday qilib bo‘lsa ham tezda yodlash kerak. Qolganini ustozdan o‘rganish lozim. Bo‘lmasa, noto‘g‘ri yodlab qo‘yiladi. O‘limdan boshqa narsaning ilojisi bor. Shuncha odamlar ilojini topgan narsaning nima uchun siz topa olaysiz?
29 Aprel 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar