Xalol pul topish

Assalomu alaykum! Ustozlar, dadam sigaret savdosi bilan pul topadilar, sigaret sotib pul topish xaromligi to‘g‘risida avvalgi savolimga bergan javobinglar orqali bilib olganman! Alhamdulillah namoz o‘qiyman va qolgan farz vojib bo‘lgan Alloh buyurgan amallarni xam iloji boricha bajarib kelmoqdaman, lekin menda ibodatlarim qabul bo‘lishi borasida qalbimda notinchlik va shubxa bor. Buning sababi yuqorida aytganimdek bizning oilani tirikchiligi o‘sha sigaret sotish orqali topilgan pullardan ekanligi. Endi men xalol pul topish uchun izlanmoqdaman, savdo sotiqqa qiziqishim va uquvim ham bor, tajribam xam kam emas. Shu sababli kiyim kechak va poyabzal sotish uchun do‘kon ochmoqchi bo‘lib turibman, ammo xali yosh bo‘lganim sababli menda do‘kon ochish uchun etarli mablag‘im yo‘q. Shu ishimni boshlash uchun dadamdan pul olib boshlasam bo‘ladimi yoki men sotmoqchi bo‘lgan narsalar xalol bo‘lishiga va o‘zim xalol ishlashga urinishimga va niyatim xolis va xalol pul topish bo‘lishiga qaramasdan men topgan pullar xam sigaret sotib topilgan pullar bilan boshlaganim uchun xaromga aylanadimi? Agar shuday bo‘lsa dadamdan uzib-uzib to‘lash maqsadida qarz olsam-chi? Xalol pul topib qalb va ibodatlarimda xalovat topish va albatta eng asosiysi dunyo oxiratda saodat topish. Shu maqsadim yo‘lida savolimga javob berib yordam qilishlarngizni qattiq iltimos qilib qolaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! “Fiqhul buyu’” kitobida “Birovdan tortib olingan mol shuningdek uning hukmida bo‘lgan poraga olingan, o‘g‘irlab olingan, shar’an savdosi botil bo‘lgan sadvo orqali topilgan pullar va narsalardan foydalanish, uni sotish, hadya qilib berish halol bo‘lmaydi. Molni shu yo‘l bilan topilganini bilgan kishiga mol qo‘lida turgan odamdan uni sotib olish, hadyaga olish, meros qilib olish joiz bo‘lmaydi. Uni o‘z egasiga qaytarib berish vojib bo‘ladi. Agar qaytarib berish uzrli bo‘lsa uni faqir miskinlarga sadaqa qilish vojib bo‘ladi” deyilgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:14 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar