Uskuna sotib olishga pul berish
Assalomu alaykum! Mendan bir kishi dastgox olishda yordam so‘radi. Dastgoxning narxi 10.000 dollar. Lekin men unga dastgox uchun va ishlariga yordam bo‘lishi uchun 15.000 dollar berdim. Biz shunday kelishdik: 15.000 dollarni qaytargunga qadar dastgox ijarasi sifatida xar oy menga 100 dollardan to‘lab boradi va qachon 15.000 dollarni qaytarsa xar oylik to‘lovni to‘lamaydi. Biz bu kelishuvimizga kvartira ijarasini asos qilib oldik. Ya’ni 15000 dollarga kvartira olsam va ijaraga qo‘ysam men xar oyda 100 dollar olar ekanman. Bizning bu kelishuvimiz to‘g‘rimi? Bu kelishuvimizga ribo aralashmaganmi? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu kelishuv noto‘g‘ri bo‘lgan. Bu yoki savdo bo‘lishi kerak yoki ijara bo‘lishi kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir savdoda ikki kelishuvdan qaytarganlar. Ijaraga bersangiz dastgoh sizni mulkingiz, buzilsa tuzatish talofatga uchrasa zarari sizniki bo‘ladi. Agar bo‘lib berishga sotsangiz uni ijaraga bera olmaysiz. Kvartiraga taqqoslashda xato qilibsiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:15 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat