Oyoq terlashi haqida

Assalomu alaykum.Hazrat, bir savolim bor edi. Sovuq kunlari har safar tahorat olganda oyog‘imni yuvmaslik uchun, bir marta tahorat olgandan keyin qalin paypoq, aniqrog‘i, bir necha paypoq kiyaman. Keyingi tahoratlarimda shu qalin paypoqqa mahs qilaman.Gap shundaki, ko‘pincha oyog‘im terlab paypogimni tagi ho‘l bo‘lib ketadi. Shunday holatda mahs qilsam bo‘aladimi yoki oyog‘imni yuvishim kerak bo‘ladimi?Rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Maxsi yoki unga o‘xshash oyoq kiyimi kiying. Paypoqqa mash tortishga ko‘pchilik ulamolar ruxsat bermagan.

27 May 2022, 04:39 | Savol-javoblar | 192 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar