Qarz olib uy olgandan keyin zakot
Assalomu alaykum! Ustozlar, anchadan beri telegramdagi savol javoblarni o‘qib boraman, o‘zimga ancha saboq olyapman man savdogarman. 2 yildan beri zakot berib kelaman. Bu yili uy (xovli) olgan edim bir ukamdan aylanma daromatimcha qarz oldim sababi aylanma daromadim uy olishga etarli edi undan ortmas edi. Shuning uchun savdogarlik ishim tuxtab kolmasligi uchun qarz oldim. Endi zakot bersam bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Qarzingizni chiqarib bor mol-mulkingizni hisoblasangiz nisobga etsa zakot berishingiz farz. Aks holda qarzni berish vojib bo‘ladi. Zakot berish esa farz emas. Zakotni berishda niyatni to‘g‘ri qilish kerak. Agar moli ko‘payadi, ishim davom etadi degan maqsad bo‘lsa bu xatodir. Chunki zakot ham namoz kabi farz ibodati bo‘lib, zakot beruvchi “Alloh zimmamga farz qilgan zakotni ado qilishni niyat qildim, xolis Allohning roziligi uchun” deyishi ado qilgach qattiq tazarro‘ ila qabul qilishini Alloh taolodan so‘rash va umid qilish kerak. So‘ng zakot berishda bardavom qilishni so‘rashi mumkin. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: فَإِذَا قَضَيْتُم مَّنَاسِكَكُمْ فَاذْكُرُواْ اللّهَ كَذِكْرِكُمْ آبَاءكُمْ أَوْ أَشَدَّ ذِكْرًا فَمِنَ النَّاسِ مَن يَقُولُ رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا وَمَا لَهُ فِي الآخِرَةِ مِنْ خَلاَقٍ 200. Ibodatlaringizni tugatganingizda Allohni otalaringizni eslagandek, balki undan ham kuchliroq zikr qiling. Odamlardan ba’zilari: «Robbimiz, bizga bu dunyoda bergin», – deydir va oxiratda unga nasiba yo‘qdir.
Ota-bobolarining qilgan ishlari bilan faxrlanish, maqtanish bekorchi, qo‘lidan bir ish kelmaydiganlarning ishidir. Islom dini esa musulmonlar elkasiga butun dunyo baxti uchun kurashish mas’uliyatini yuklagan. Shuning uchun ham, haj ibodatlarini ado etib bo‘lgandan so‘ng ota-bobolarni emas, ularga bunday ulkan mas’uliyatni yuklagan Alloh taoloni eslash va Undan yordam, yaxshiliklarni so‘rashga amr bo‘lmoqda:
«Ibodatlaringizni tugatganingizda Allohni otalaringizni eslagandek, balki undan ham kuchliroq zikr qiling».
Allohni eslagan odam albatta Undan biror narsa so‘raydi. Lekin so‘rash har xil bo‘ladi:
«Odamlardan ba’zilari: «Robbimiz, bizga bu dunyoda bergin», – deydir».
Ya’ni faqat bu dunyoning narsalarini so‘raydi. Jumladan, hajga kelgan qavmlardan ba’zilari: «Allohim, bu yilni yomg‘irli qilgin, yaxshi bolalar tug‘iladigan yil qilgin», – deb duo qilar ekanlar. Alloh taolo unday kishilarning ishlari noto‘g‘ri ekanini bayon qilib:
«...va oxiratda unga nasiba yo‘qdir», – deydi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:41 | Savol-javoblar | 138 | Zakot