Erdan ruhsat so‘rash
Assalomu alaykum! Oilada ayol kishi eridan o‘zining shaxsiy bo‘lgan ba’zi xarajatlari uchun ma’lum bir miqdordagi pulni olishi mumkinmi ya’ni har oyda? Har safar ruhsat so‘rash kerakmi ayol kishi pul ishlatmoqchi bo‘lsa? Agar u pulni ishlatishga zarurat bo‘lmay qolsa ham olib yig‘ib qo‘ysa keyin zaruratga qarab ishlatsa bo‘ladimi? Uyda har xil vaziyat bo‘lib qolishi mumkinku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi:عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: أَنَّ هِنْدًا بِنْتَ عُتْبَةَ قَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ أَبَا سُفْيَانَ رَجُلٌ شَحِيحٌ وَلَيْسَ يُعْطِينِي مَا يَكْفِينِي وَوَلَدِي إِلَّا مَا أَخَذْتُ مِنْهُ وَهُوَ لَا يَعْلَمُ، فَقَالَ: خُذِي مَا يَكْفِيكِ وَوَلَدَكِ بِالْمَعْرُوفِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ. وَاللهُ أَعْلَى وَأَعْلَمُ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Hind bintu Utba:
«Ey Allohning Rasuli, Abu Sufyon o‘ta baxil odam, unga bildirmay olganimdan boshqa menga va bolamga kifoya qiladigan hech narsa bermaydi», dedi.
«O‘zingga va bolangga etarlisini to‘g‘rilikcha ol», dedilar u zot.
Ikki shayx rivoyat qilganlar. Alloh oliy va bilguvchiroqdir.
Sharh: Bu rivoyatdan ham bola-chaqaning nafaqasi ularga etarli miqdorda bo‘lishi kerakligi kelib chiqmoqda. Agar er baxillik qilib, oz bersa, xotin undan berkitib olsa ham bo‘lishi bayon qilinmoqda. Bunda faqat o‘z haqqinigina olishi kerak.
Aslida er vaqtida nafaqani etkazib turgan bo‘lsa yoki tejamkorroq bo‘lsa ayol shunga o‘rganib doim erning ruxsati bilan ish tutgani maqsadga muvofiq bo‘ladi va oilada inoqlik bardavom bo‘lishiga sabab bo‘ladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 16:16 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush