Nomaxram bilan namoz

Assalomu alaykum! Ustozlar savolim quyidagicha, mendan bir yosh kichik nomaxram zaifa tanishim bor. 5 vaqt namozni vaqtida o‘qiydi, Alloh uchun uni yaxshi ko‘raman. Aytingchi biz yonma-yon turib yoki u menga iqtido qilib namoz o‘qishimiz mumkinmi? Telefon orqali birodarini duo qilish qanchalik to‘g‘ri? Yordamingiz uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Savol berishdan oldin biroz aql yuritish kerak edi. Alloh taolo nomahramdan uzoqda turishni aytsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam holi qolishni harom deb tursalar, siz ularni so‘zlarini e’tiborga olmasdan birga namoz o‘qishni so‘rashingiz to‘g‘ri bo‘ladimi?! Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:19 | Savol-javoblar | 204 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar