Ololmagan pulni zakot deb hisoblash
Assalomu alaykum! Savdogar odam nasiyaga mol berib pulini ololmasa o‘sha pulni zakotidan chiqarib yuborishi yani qarzni qarzdorga zakot qilib berdim deb hissoblashi durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Qarzga berilgan mablag‘ni zakot o‘rniga hisoblash mumkinmi? Javob: Mumkin emas. Chunki, zakotning ado bo‘lish sharti zakotni berayotgan vaqtida zakot ekanligini niyat qilishdir. Lekin, faqir qarzdorga qarz berguvchi zakotini mulk qilib berib, so‘ngra undan qarzini qaytarib olsa bo‘ladi. Ammo, qarzdor boy bo‘lsa, bunday qilish durust emas. وَحِيلَةُ الْجَوَازِ أَنْ يُعْطِيَ مَدْيُونَهُ الْفَقِيرَ زَكَاتَهُ ثُمَّ يَأْخُذَهَا عَنْ دَيْنِهِ “Zakotni qarzdan ado bo‘lish yo‘li, haqdor faqir qarzdorga zakotini berib, so‘ng uni qarzi evaziga qaytarib olishidir” (Raddul muhtor). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:20 | Savol-javoblar | 168 | Moliya va tijorat