Elektor tokidan o‘g‘irlik yo‘li bilan foydalanish

Assalomu alaykum! Biz (3 ta talaba)yangi hovliga ko‘chib chiqdik. Bu hovlida 12 kishi (7 ta talaba va 5 ta oila a’zolari) yashashar ekan. Endi 15 kishi bo‘ldik. Oila elektor tokidan noqonuniy foydalanishini ko‘chib chiqqanimizdan keyin bildik. Sherigim "biz emas hovli egasi(oxiratda) javob beradi biz ijara haqqi beryapmiz, siz dinda chuqurlashib ketyapsiz dedi" bu qanchalik to‘g‘ri? Men o‘zim elektrga pul berib qo‘yaman dedim( yana 1 oy turaman halos). Shu yo‘l bilan qilgan amallarimga putur etmaydimi ro‘za, namoz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Harom yo‘l bilan ishlatilgan tokda pishirilgan taom ham shubhali bo‘ladi. Chunki o‘sha tok minglab insonlarning haqqi hisoblanadi. Qiyomat kunida minglab kishilarni rozi qilish kerak bo‘ladi. Pulli joyidan ishlating va pulini to‘lab qo‘ying. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:21 | Savol-javoblar | 189 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar